Ushbu olimpiadada eng yuqori natijalarni qayd etgan 5 nafar o'quvchilar 21 – 29-iyul kunlari eron davlatida o'tkaziladigan nufuzli 54-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Joriy yilda 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o'quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Yurtimizda o'quvchi-yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar natijasini mana shu kabi bilimli yoshlar misolida ko'rish mumkin. Shijoatli yoshlarimiz O'zbekiston bayrog'ini ko'klarga ko'tarib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda. Zero, yurtboshimiz aytganlaridek, “Har bir bilimli yosh – vatan himoyachisi”.
Zulxumor Akbarova