Maʼlum qilinishicha, shu yilning 5-martidan boshlab «Rosselxoznadzor» Rossiyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kirish uchun bir muddat oldin qoʻyilgan cheklovlarni olib tashladi. Toʻqqiz mamlakatdan Rossiyaga sabzavot mahsulotlarini olib kirish borasidagi boʻyicha talablar yangilandi. Ushbu toʻqqiz davlat orasida Oʻzbekiston ham bor.

Jumladan:

— Armanistondan pomidor;

— Ozarbayjondan pomidor;

— Belarus Respublikasidan pomidor va qalampir;

— Qozogʻistondan pomidor va qalampir;

— Misrdan kartoshka;

— Qirgʻizistondan pomidor va qalampir;

— Turkiyadan pomidor, qalampir, kabachka va baqlajon;

— Turkmanistondan pomidor va qalampir;

— Oʻzbekistondan pomidor va qalampir.