Germaniya Bundestagining qaroriga koʻra, Oʻzbekiston siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqda. Xususan, mamlakat hayotida parlament va siyosiy partiyalarning rolini yana-da oshirish hamda mustahkamlash boʻyicha muhim qadamlar qoʻyilmoqda. DasturdaOʻzbekiston vakillarining ishtirokini tashkil etish orqali Bundestag islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va mamlakatimizda parlamentarizmni yana-da rivojlantirishga, shuningdek, ushbu sohadagi ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirishga eʼtibor qaratdi.

IPS Bundestag Prezidentining homiyligida olib boriladi va 40 ga yaqin davlat vakillarining Germaniyada 5 oylik malaka oshirishini taʼminlaydi.Uning ishtirokchilari Germaniyadagi parlament tizimi, qonun hujjatlari va siyosiy qarorlar jarayoni bilan tanishadilar turli seminar, uchrashuv va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etadilar. Bundan tashqari, ular Bundestag deputatlari bilan birgalikda tegishli hujjatlarni tayyorlash jarayonida va parlament qoʻmitalari hamda komissiyalari majlislari jarayonida tegishli masalalarni hal qilishda bevosita ishtirok etadilar. Shuningdek, saylov okruglaridagi saylovchilar bilan uchrashish imkoniga ham ega boʻladilar.

Dastur ishtirokchilari Bundestag tomonidan Germaniya chet el diplomatiya vakolatxonalari orqali 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasidan tanlab olinadi. Oliy maʼlumotli, nemis tilini yetarlicha biladigan, shuningdek, siyosiy va ijtimoiy fanlardan boxabar boʻlishi kerak.

Joriy yildagi IPS-2020 dasturida 36 mamlakatdan 106 vakil ishtirok etdi. 

Oʻzbekistonda birinchi marta oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra, uch nafar hamyurtimiz 2020-yil mart-iyul oylaridaIPS dasturida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Ular: Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti Jamshid Karimov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bitiruvchisi Mahkam Hamidov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Yuqori diplomatiya maktabi bosh mutaxassisi Shahboz Yodgorov.

1-martdan boshlab mamlakatimizning yosh vakillari Germaniya poytaxti Berlinda IPS doirasida amaliyot oʻtashni boshladi.

Biroq mart oyining oʻrtalarida Germaniyada, dunyoning barcha mamlakatlarida boʻlgani kabi koronavirus pandemiyasi boshlandi. Shu sababli ushbu dasturning belgilangan cheklovlar talablariga baʼzi oʻzgarishlar kiritildi. Shunga qaramay, dastur doirasida barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi. Tinglovchilarning nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlandi.Ular IPS sertifikatlarini qoʻlga olishdi va 23-iyul kuni charter reys bilan Toshkentga qaytib kelishdi.