To'rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O'zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (ICHO-2023) ishtirok etishga yo'l oldi.

Ulardan uch nafari Agentligimiz tizimidagi maktablarning o'quvchilari, deb yozmoqda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi axborot xizmati xabarida.

Terma jamoa tarkibi:

Mahmudov Abdulloh – Toshkent shahridagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi;

Dilmurodov Sohibjon – Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi;

Hakimova Shahzoda – Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi;

Nazarov Azizbek – Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi.

Xalqaro kimyo olimpiadasiga 87 ga yaqin davlatdan 400 ga yaqin o'quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.