O'zbekistonliklar birinchi marta baliq ovi musobaqasidi ishtirok etdi

    Mazkur chempionat Fin ko'rfazidagi Leningrad AES yaqinida bo'lib o'tdi.

    O'zbekiston jamoasi ikkinchi Xalqaro baliq ovlash chempionatida ilk bor ishtirok etdi. Ilgari bunday musobaqalarda qatnashmagan havaskor sportchilarimiz “G'alabaga bo'lgan kuchli irodasi uchun” nominatsiyasi bo'yicha g'oliblikka erishdi.

    “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur chempionat Fin ko'rfazidagi Leningrad AES yaqinida bo'lib o'tdi. Spinning bilan baliq ovlash bo'yicha Evropa turnirida dunyoning 10 ta mamlakatidan 13 ta jamoa ishtirok etgan bo'lib, ular orasida Yangi O'zbekiston jamoasi ham bor edi. Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, bu yil ishtirokchilar tarkibi va geografiyasi ikki baravar ko'paygan.

    Natijalariga ko'ra, ishtirokchilar umumiy og'irligi taxminan 7 kg bo'lgan jami 203 ta baliq tutib, o'lchovlar o'tkazilganidan so'ng baliqlar yana suvga qo'yib yuborildi. Reyting uchun nafaqat vazni va miqdori, balki ovlangan baliq turi (okun, sudak va cho'rtanbaliq) ham hisobga olindi.

    Har bir musobaqa ham AES kabi obektlar yaqinida o'tkazilavermaydi. Bunday suv havzalaridagi baliqlar "o'ziga xos" bo'lib tuyuladi, ammo baliqchilar buning aksiga ishonch hosil qilishdi. Shuningdek, tashkilotchilar har bir tutilgan baliqni tarozida tortib, dozimetr bilan o'lchashdi. Tutilgan baliqning ekologik jihatdan tozaligi tasdiqlandi.

    — Men spinning bilan deyarli bir yildan beri shug'ullanaman, Aydarko'lda baliq ovlayman. Bunday miqyosdagi musobaqalarda birinchi marta ishtirok etishim va aytishim joizki, menga tadbirning tashkil etilishi, tanishgan odamlarim va biz kelgan Sosnoviy Bor shahri ham juda yoqdi. Kelgusida ham shunday chempionatlarda qatnashishda davom etaman. — deydi O'zbekiston jamoasi sharafini himoya qilgan Jizzaxlik muhandis-gidrogeolog Jamshid Qo'chqorov.