Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha korxonada ish vaqti oyiga 200 soat, smenali (1 kun ish, 1 kun dam) rejimida.
Ishlash istagida boʻlgan nomzodlar 20 yoshdan 45 yoshgacha boʻlishi, rus tilini muloqot darajasida bilish, goʻsht mahsulotlarini qismlarga boʻlish va qadoqlashni bilishi kerak. Shuningdek xorijga chiqish taqiqlanmagan boʻlishi, zararli odatlardan holi, jismonan va ruhan sogʻlom va sudlanmagan boʻlishi kerak.
Ish beruvchi hisobidan: yotoqxona va transport xarajatlari qoplab beriladi.
Fuqaro hisobidan esa agentlik xizmati, oʻqitish va koʻniktirish uchun toʻlov va viza xarajatlari.
Roʻyxatdan oʻtish (300 kishiga yetsa, toʻxtatiladi).