Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kun holatiga koʻra, mamlakatimizning rezident aviakompaniyalari “Uzbekistan Airways”, “Centrum air”, “Qanot Sharq”, “Fly One Asia”, “Fly Khiva”, “Air Samarqand” tomonidan Jidda – Toshkent, Jidda – Andijon, Jidda – Namangan, Jidda – Urganch, Madina – Toshkent, Madina – Qarshi, Madina – Namangan, Dubay – Toshkent yoʻnalishlarida parvozlar amalga oshirildi.

Xususan, Madina va Jidda aeroportlaridan amalga oshirilgan 36 ta reys orqali 7 988 ta Dubay shahridan bajarilgan 5 qatnov orqali 838 nafar yoʻlovchilarning Oʻzbekistonga olib kelinishi taʼminlandi.

Shuningdek, ayni damda “Uzbekistan Airways”aviakompaniyasi HY-334 Dubay – Toshkent, HY-338 Jidda – Toshkent, “Centrum air” aviakompaniyasi C6-318 Jidda – Samarqand, C6-352 Dubay – Toshkent, “Qanot sharq” aviakompaniyasi HH-902 Dubay – Toshkent reyslarini bajarmoqda.

Maʼlum qilinishicha, vatandoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytda evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq boʻlib turgan mamlakatlardan amalga oshirilmoqda. Mintaqaning boshqa davlatlarida havo hududi ochilishi bilan mazkur tadbirlar tezkor ravishda tashkil etiladi va davom ettiriladi.

Shuningdek, Qatar, Bahrayn va Quvayt aviatsiya maʼmuriyati bilan muzokaralar olib borilib, yaqin kunlarda vatandoshlarni Oʻzbekistonga Saudiya Arabistoni hududi orqali qaytarish boʻyicha charter reyslarini amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Yaqin Sharq mamlakatlarida boʻlib turgan fuqarolarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Elchixona va konsulliklari bilan aloqada boʻlib turishlari tavsiya etildi.

Ushbu reyslar boʻyicha maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun faqatgina aviakompaniyalarning vakolatxonalariga va ularning rasmiy veb-saytlarida koʻrsatilgan telefon raqamlariga (ishonch telefonlariga) murojaat qilish lozim.

Ehtimoliy tushunmovchiliklar va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida faqat rasmiy maʼlumot manbalaridan foydalanish va tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Yoʻlovchilarga yordam koʻrsatish maqsadida “Oʻzaviatsiya” agentligining call-markazi 24/7 rejimida ishlaydi: tel. +998 (78) 120-00-72, +998 (71) 200-07-65.