Uchrashuvda IBBYning O‘zbekistondagi Milliy shoʻbasi ish faoliyati haqida ma’lumot berildi, shuningdek, malayziyalik yozuvchi, noshir, kutubxonachilar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan "Tashkent Book Fest-2022" III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasiga taklifnomalar taqdim etildi.
Assambleya doirasida taqdim etilgan o‘zbekistonlik bolalar yozuvchilarining asarlari Malayziya Milliy kutubxonasida tashkil etilgan o‘zbek adabiyotlari burchagini to‘ldirish uchun elchixonaga topshirildi.
Uchrashuv so‘ngida "Tashkent Book Fest-2022" ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston milliy kutubxonasi va Malayziya milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum ishlab chiqish hamda ushbu ko‘rgazmada Malayziyaning yetakchi nashriyotlarning ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishildi.