Oʻzbekistonning Xitoydagi Elchisi tayinlandi

    Voqea-hodisalar 30 Dekabr 2021 4131

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-dekabrdagi qaroriga muvofiq Farhod Nuritdinovich Arziyev Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.

    F.Arziyev diplomatiya sohasida 2002-yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati hamda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida katta tajriba toʻplagan.

    2014-2017-yillarda. – Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi.

    2017-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Dehli shahrida)

    2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

    Rus, ingliz va nemis tillarini biladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

    No date selected
    aprel, 2024
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    9
    10
    11
    12
    13
    14
    15
    16
    17
    18
    19
    20
    21
    22
    23
    24
    25
    26
    27
    28
    29
    30
    Use cursor keys to navigate calendar dates