“Dunyo“ AAning xabar berishicha, Ammon shahridagi Basman qasrida boʻlib oʻtgan tantanali marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan muloqot avvalida mamlakatimiz elchisi Oʻzbekiston Prezidentining Iordaniya Podshohiga yoʻllangan salomlarini yetkazdi.
Podshoh Abdulloh II bin al-Husayn mamlakatimiz rahbariga minnatdorlik izhor etib, yangi tayinlangan elchiga muvaffaqiyatlar tiladi hamda ikki qardosh yurtni bogʻlab turuvchi tarixiy rishtalarni yanada mustahkamlash va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga umid bildirdi.
Shuningdek, Iordaniya tomonining elchi faoliyatida mazkur doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash yoʻlida har qanday koʻmak koʻrsatilishi taʼkidlandi.