“Oʻzbekkino” Milliy agentligida “Solnse na vkus” (“Quyosh taʼmi”) kinoloyihasi jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar loyihani hamkorlikda amalga oshirish va “Oʻzbekkino” MA tomonidan filmni suratga olishda koʻrsatiladigan yordam boʻyicha kelishib olindi. Bundan tashqari, film ssenariysi ustida ishlash uchun bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga kelishi aytib oʻtildi.
“Solnse na vkus” filmi oila davrasida tomosha qilish uchun moʻljallangan boʻlib, sarguzasht-fantaziya janrida suratga olinadi.
Film prodyuseri Aleksandr Kesselning soʻzlariga koʻra, filmni 2021-yilning uchinchi choragida taqdim etish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekkino” keyingi vaqtlarda co-production – yaʼni hammualliflikda filmlar ishlash boʻyicha faol ish olib bormoqda. Amaldagi loyihalar orasida “Pari sovgʻasi”, “Non shahri”, “Rioga yoʻl”, “Baron-2” va boshqalar bor.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati