Shu bilan birga, kompaniya tomonidan Jahon banki, Yevropa kosmik agentligi kabi xalqaro tashkilotlarga qurgʻoqchilik va tuproq tarkibi monitoringi kabi bir qator loyihalarini amalga oshirilgani taʼkidlab oʻtildi.
Uchrashuv yakuni boʻyicha hamkorlikda Oʻzbekiston hududida qishloq xoʻjaligi sohasida kosmik texnologiyalarni qoʻllash orqali sinov loyihasini amalga oshirish, agentlik xodimlari koʻnikmalarini kuchaytirish maqsadida treninglar tashkil etish hamda hamkorlikda xalqaro moliya institutlariga qishloq va oʻrmon xoʻjaligida barqaror rivojlanishida kosmik texnologiyalarning roli kabi loyihalarni tayyorlash va ularni moliyalashtirish yuzasidan ishlarni amalga oshirish masalasi kelishib olindi, deb xabar beradi “Oʻzbekkosmos” agentligi matbuot xizmati.