Tadbirda O'zbekistonda «Raqamli O'zbekiston 2030» strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, «O'zbekkosmos» agentligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida ma'lumot taqdim etildi.
O'z navbatida, Richard Parker «Altitude Angel» kompaniyasining uchuvchisiz aviatsiya navigatsiyasi sohasidagi faoliyati to'g'risida so'zlab berdi.
Britaniya kompaniyasi rahbariyati iqtisodiyotning turli tarmoqlari ehtiyojlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini keng joriy etilayotgani va bu yo'nalishdagi boy tajribasidan kelib chiqqan holda «O'zbekkosmos» bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar o'zaro hamkorlikning keyingi amaliy bosqichlari bo'yicha kelishuvlarga erishdi.