Tadbirda bo'lim tomonidan “Vaush” konining kvars qumlari, dolomit va bentonitlar namoyish etildi. Birinchi noma'dan foydali qazilmani qurilish va shisha sanoatida xom ashyo sifatida qo'llash mumkin. Ikkinchisi – olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda keng qo'llanadigan magenzitni olish hamda undan sof magniy ajratib olish uchun ishlatiladi. Uchinchisi esa kukunsimon shaklida, undan yog'larni tozalash va oqartirishda foydalaniladi.
Shuni ta'kidlashlash joizki, bentonit namlikni shimib olib saqlaydigan sorbent hisoblanadi. Uning ushbu xususiyati qishloq xo'jaliki ekinlarining urug'larini, ayniqsa chigitni, bentonit kukuni bilan qobiqlab ekish texnologiyasini yaratishga asos bo'ldi. Ushbu konning bentonitidan neft-gaz quduqlarini burg'ulashda faol yuvuvchi suyuqlik sifatida foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, olimlar tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya yordamida Toshqazgan koni ma'danidan olingan elektrotexnika, metallurgiya va kimyo sanoatida foydalanishga yaroqli bo'lgan grafit namunalari va boshqa mahsulotlar taqdim etildi.