"Oʻzgidromet" aholini sel kelish xavfidan ogohlantirdi

    Shu yilning 19-22-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelish xavfi eʼlon qilindi.

    Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin:

    • —Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
    • — Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
    • — Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
    • — Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
    • — Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
    • — Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
    • — Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
    • — Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻralmoqda.