Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, meʼyorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
- 2025-yil 1-iyulga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyogʻlarni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan taʼminlash choralari koʻriladi;
- 2025-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyogʻlardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash boʻyicha sanitariya qoidalari va meʼyorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi taʼminlanadi.
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼul etib sogʻliqni saqlash vaziri A.Xudoyorov belgilanadi.