Unga koʻra, uyni isitishga moʻljallangan yangi qurilish materialini tayyorlash uchun sut zardobi va pekmez (shinni) aralashtiriladi. Keyin olingan tarkibga mikroorganizmlar qoʻshiladi. Ushbu tarkibiy qismlarni oziqlantirish bilan ular dekstran deb nomlangan polimer hosil qiladi, keyinchalik u materialning yopishqoq asosi sifatida ishlatiladi.
Ushbu izolyatsion mahsulot kelajakda uy haroratini moʻtadil saqlashga va havo oʻtkazishga yordam beradi. Shuningdek, olimlar yongʻin xavfsizligini ham eʼtiborga olishgan. Bunga suvda eriydigan va olovdan saqlovchi moddalarni kiritish orqali erishiladi.
Bauman nomidagi Moskva davlat texnik universiteti ekspertlariga koʻra, bugungi kunda qurilishda ishlatiladigan formaldegid inson salomatligiga zararli boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham yangi material istiqbolli boʻlib, ekologik toza boʻlishdan tashqari, u tabiiy taʼsirlar, ayniqsa suvga chidamli.