Erta tongdan qizgʻin muhokamalar bilan boshlangan anjuman kunning ikkinchi yarmida nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo agrar sohasiga molik mavzularni oʻz ichiga olgan tematik sessiyalar koʻrinishida davom etdi.
Shuningdek, forum doirasida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dunyuy bilan oʻzaro muloqoti ham boʻlib oʻtdi.
Taʼbir joizki, rivojlanayotgan davlatlar uchun ustuvor maqsadlardan biri dengiz orqali savdo barqarorligini taʼminlash, xalqaro logistika tarmogʻini izchil yoʻlga qoʻyish va uzoq mintaqadagi davlatlar bilan savdo aloqalarini yaxshilashdan iborat ekan, shularni inobatga olgan holda, bugun, koʻplab mamlakatlar ayni yoʻnalishda tizimli, rejaga asoslangan, shuningdek koʻp tarmoqli natijaga yoʻnaltirilgan investitsion loyihalarga bugun har qachongidanda koʻproq eʼtibor qaratib kelinyapti. Chunki bular, mamlakat iqtisodi uchun birlamchi koʻriladigan masalalar sirasiga kiradi. Mazkur forum, shu kabi istiqbolli manfaatlar uchun xizmat qiladi.
Forum dastlabki kunining yakuni oʻlaroq, FAO va Oʻzbekiston hukumati tomonidan “Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlarning agrosanoat tizimini barqaror isloh qilish toʻgʻrisida”gi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.
Toshkent deklaratsiyasida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xususan dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan mamlakatlarga bu borada koʻmaklashishga qaratilgan bir qancha aniq chora-tadbirlar belgilab qoʻyilgan.