Avval xabar qilinganidek, birja valyuta bozori ishtirokchilariga qoʻshimcha savdo imkoniyatlarini yaratish maqsadida OʻzRVB tomonidan Rossiya rubli/soʻm va Xitoy yuani/soʻm valyuta juftliklari boʻyicha savdolar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur valyuta juftliklari boʻyicha savdolar ishtirokchilari 2022-yil 31-mayga qadar bitimlar boʻyicha vositachilik mukofoti toʻlashdan ozod etilgan edi.
Bugungi savdolar “Rhombus” platformasida T+1 rejimida uzluksiz ikki tomonlama “metching” savdo usuli boʻyicha “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJning chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha birja savdosi qoidalariga muvofiq oʻtkazildi.
Rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida, OʻzRVB birja bozori ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, birja instrumentlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha barcha zarur choralarni amalga oshirishni rejalashtirgan, deb xabar beradi “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ matbuot xizmati.