Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o'tkaziladi

    “Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–223-son, 12.07.2023-y.) qabul qilindi

    Qarorga ko'ra, 2024-yil Xivada:

    ▫️martda “Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri;
    ▫️may oyida Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o'tkaziladi.

    2023–2024-yillarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

    • “Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;
    • Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi;
    • “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.

    Shuningdek, xalqaro tadbir logotipi hamda Xiva shahri haqida o'zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qo'llanma ishlab chiqiladi.

    2023-yil oktabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning turistik tashkilotlari, OAV vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati bo'ylab infotur tashkil etiladi.