Joriy yil yanvar-oktyabr davomida respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 4,88 mlrd. dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 148 mln. dollarga yoki 3 foizga kamaydi.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori 934 mln. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 67 mln. doll. yoki 8 foizga oshdi.
Natijada transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo 3,95 mlrd. dollarga yetdi.