Pandemiya sharoitida ovoz berish tartibi maʼlum qilindi

    Saylov 1 Iyul 2021 1888

    Markaziy saylov komissiyasi Pandemiya sharoitida ovoz berish tartibi maʼlum qildi.

    Saylovchi ovoz berish binosiga kirishda ijtimoiy masofaga rioya qilishi shart. Bunda ikki saylovchi oʻrtasidagi masofa 1,5-2 metr boʻlishi lozim.

    Saylovchi binoga kirishida tana harorati oʻlchanadi, unga himoya niqobi va tibbiy qoʻlqop beriladi. Qoʻllari antiseptik bilan dezinfeksiya qilinadi.

    Saylovchi uchastka saylov komissiyasiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ochib koʻrsatadi, zaruratiga koʻra qisqa muddatga himoya niqobini ochib yuzini koʻrsatadi.

    Esda tuting! Saylovda sanitariya qoidalarga rioya etishingiz salomatligingizni saqlashda muhim hisoblanadi.