144 yoʻlovchidan iborat Airbus A320 havo kemasi samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da belgilangan aeroportga uchib ketdi.
Samolyot, poytaxtning xalqaro aeroportidan joʻnab ketishidan avval, birinchi reysning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
2021-yilda tashkil etilgan “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi Oʻzbekiston, shuningdek, BAA, Isroil, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga yoʻlovchi havo tashishlarini amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi 23-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Toshkent — Moskva yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.