Musobaqada Respublikamizning turli xududlaridan saralangan 50 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. 

Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, ushbu mamlakat chempionatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda Paralimpiya sport turlari geografiyasini yanada kengaytirish, para qilichbozlik bo‘yicha terma jamoa asosini shakllantirish va kelajakda bo‘ladigan nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishdan iborat.