Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida tashkil etilgan ilk mamlakat chempionatida 50 nafarga yaqin sportchi gʼoliblik uchun bahs olib bordi. 

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasi departament direktorlari – N. Xudayqulov hamda M.Аlimov ishtirok etdi. Gʼolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medalь va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Quyida Oʼzbekiston chempionatining sovrinli oʼrinlarini egallagan sportchilar bilan tanishtirib oʼtamiz:

Erkaklar:

1-oʼrin - Q.Suvonov
2-oʼrin - D.Davronov
3-oʼrin - M.Mutallimov

Аyollar:

1-oʼrin - А. Nuriddinova
2-oʼrin - S. Kodirova
3-oʼrin - M. Norxonova