O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Ahadxon musobaqaning ilk turida shvetsiyalik Toga Joxadson, Jumanova esa portugaliyalik Jozefa Spaychelaga qarshi bahs olib bordi. Har ikkala sportchimiz ham jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi. 2-tur o‘yinlarida esa Ahadxon polshalik Michal Rakisga qarshi dona surdi va durang qayd etdi. Durdona esa indoneziyalik Tita Puspitaga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi.

3-tur o‘yinlarida Kimsanboyev ispaniyalik San Xuan Santin Aaronga qarshi, Jumanova esa kolumbiyalik Franko Perrizga qarshi dona surishadi. Bu o‘yinlarda har ikkala vakilimizga ham omad tilab qolamiz.

Maʼlumot o‘rnida: Shaxmat bo‘yicha ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchi yoshlar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslarida ayollar o‘rtasida 18 davlatdan 26 nafar sportchi, yoshlar o‘rtasida esa 13 davlatdan 13 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Musobaqa 17 iyulga qadar davom etadi.