Sayyoramizning 41 ta mamlakatidan 300 ga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etishdi.
Jahon chempionatida Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimova ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi va dunyoda tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi.
7 nafar sportchi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 2 ta bronza va 1 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.