“Dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar ishtirok etgan ushbu musobaqada ayollar oʻrtasida +58 kg vazn toifasida Guljanoy Naimova oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu bilan birga musobaqaning eng yaxshi ayol sportchisi, nomiga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, erkaklar oʻrtasida +63 kg vazn toifasida janglarda qatnashgan Sanjar Muxtorov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ushbu musobaqadan koʻzlangan asosiy maqsad – oldinda turgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari hamda Bahraynda boʻladigan yoshlar oʻrtasidagi Para Osiyo oʻyinlaridan oldin sportchilarning imkoniyatlarini yana bir bor koʻzdan kechirishdir”, – dedi terma jamoa bosh murabbiyi Bobur Qoʻziyev.

Eslatib oʻtamiz, para taekvondo boʻyicha 3 nafar sportchimiz Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bular: Guljanoy Naimova, Ziyola Isoqova hamda Zuhriddin Tohirov.