Bu haqda Cell Metabolism jurnalida maqola e'lon qilindi.

Tadqiqotda alkogolsiz yog'li jigar kasalligi bo'lgan 80 ortiqcha vaznli katta yoshli odamlar ishtirok etdi. Ko'ngillilar to'rt guruhga bo'lindi: ovqatlanmaganlar, aerobika mashqlarini bajarganlar, kombinatsiyalanganlar hamda o'z xatti-harakatlarida hech qanday o'zgarishlar qilmagan nazorat guruhlari.

Uch oy davomida jismoniy mashqlar bilan shug'ullangan va har kuni cheklangan miqdorda oziq-ovqat iste'mol qilgan odamlarda insulinga sezgirlik ortgan, shu bilan bir qatorda, tana va bel atrofidagi yog' qatlami hajmi, jigar yog'i miqdori kamaygan.

Alkogolsiz yog'li jigar kasalligi – spirtli ichimliklarni kam yoki umuman ichmaydigan bemorlarda yog' to'planishi va yallig'lanishi bilan kechadi. Semirib ketgan katta yoshdagilarning taxminan 65 foizi ushbu kasallikka chalingan, bu insulinga qarshilik va diabetning ikkinchi turi rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Bu sirroz yoki jigar yetishmovchiligi kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, deyiladi lenta.ru saytida.