Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi 2024-yili Parijda oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari futbol turniri kvotalarini eʼlon qildi. Unda UEFAga 3+1ta, OFKga 3+0,5ta, CAFga 3+0,5ta, CONMEBOLga 2ta, CONCACAFga 2ta va Okeaniyaga 1ta oʻrin ajratilgan.
Osiyodan ishtirok etadigan jamoalar nomi 2024-yili qitʼa kubogi musobaqasida aniqlanadi. Unda Osiyoning eng yaxshi uchta jamoasi (oltin, kumush va bronza medallari egasi) Olimpiadaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi. Qitʼaning toʻrtinchi jamoasi esa Afrikaning toʻrtinchi jamosiga qarshi bahsda yoʻllanma masalasini hal etadi.