Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari 100 ming AQSH dollaridan mukofot olishadi

    Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlari uchun mukofot jamgʻarmasini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, oltin medalni qoʻlga kiritgan bokschi 100 ming AQSH dollari oladi, ushbu mablagʻdan esa 50 ming dollari bokschining oʻziga, 25 ming dollar esa milliy federatsiyaga va qolgan yana 25 ming dollari murabbiyga taqsimlanadi.

    Kumush medal egalari esa, 50 ming dollar olishadi. Ushbu sovrin ham oltin medal kabi 25 ming dollari sportchiga va qolgan 25 ming milliy federatsiya va murabbiyga teng boʻlib beriladi.

    Bronza medali egalari 25 ming dollar bilan mukofotlanadi. Bu pullar ham tepadagi kabi taqsimlanib sportchining oʻziga 12,5 ming dollar va qolgan yana shuncha pul esa milliy federatsiya va murabbiyga beriladi.

    Endilikda chorak finalda magʻlub boʻlgan va beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan bokschilar ham, har biri 10 ming dollardan mukofot jamgʻarmasiga ega boʻlishadi.