Parij Olimpiadasi gʻolib va sovrindorlariga Tahoe hamda BYD avtomobillari sovgʻa qilinadi

    Sport 12 Avgust 2024 346

    Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilgan yozgi Olimpiada bahslarida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vatanimizga qaytib kelmoqda.

    Olimpiadada gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun 8 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari tayyorlab qoʻyildi.

    Shuningdek, gʻoliblar quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi: 200 ming dollar (oltin), 100 ming dollar (kumush), 50 ming dollar (bronza).