Parijdagi Arab dunyosi institutida Oʻzbekiston milliy liboslariga bagʻishlangan turkum bolalar albomi nashr etildi

    Parijdagi Arab dunyosi institutida «Samarqandga yoʻl. ipak va oltin moʻjizalari» koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston milliy liboslariga bagʻishlangan turkum bolalar albomi nashr etildi.

    Al`bomlr ichida maxsus interfaol elimlanuvchi suratlar mavjud bo'lib, ular yordamida mushtariy yoki u yoki bu milliy libosni qanday tarixiy hududga mansubligini topib, moslashi hamda umumiy ma'rifiy-ijodiy rivojlanishi uchun bo'yashi mumkin.

    O'zbekistonning har bir go'shasi o'ziga xos alohida xususiyatlari bilan diqqatga sazovor. O'zbek liboslarini shartli ravishda quyidagicha toifalash mumkin:

    – Samarqand va Buxoro

    – Xorazm

    – Qoraqalpog'iston

    – Qashqadaryo va Surxondaryo

    – Toshkent va Farg'ona vodiysi

    O'zbekcha kiyim-kechaklarning milliy an'analari avlodlarni barkamol, yuksak didli, ma'nan komil etib tarbiyalashda salmoqli ahamiyat kasb etib kelmoqda.

    Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ko'magi bilan al`bomlar frantsuz, o'zbek va rus tillarida chop etildi.