Parkent tumanidagi “Oq tepa” va “Yangi Navbahor” aholisi uchun koʻchma savdo yarmarkasi tashkil etildi

    Ijtimoiy hayot 10 Yanvar 2023 1183

    Unda roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan un, oʻsimlik yogʻi, shakar kabi 27 turdagi oziq-ovqat mahsuloti sotildi.

    Bu haqda "Parkent tonggi" gazetasi oʻzining telegramdagi sahifasida maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, tuman prokurori Sharifjon Akbarov hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Parkent tuman boʻlimi boshligʻi Nizomiddin Ishankulov tashabbusi bilan tumanning chekka hududi “Oq tepa” va “Yangi Navbahor” aholisining ehtiyoji uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

    Unda roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan un, oʻsimlik yogʻi, shakar kabi 27 turdagi oziq-ovqat mahsuloti sotildi.

    Bunday arzonlashtirilgan koʻchma savdo yarmarkasi sovuq kunda narxlar barqarorligini taʼminlashi shubhasiz.