Ana shunday loyihalardan biri hisoblangan Parkent tumani “Xoʻja” mahallasi hududida joylashgan, turkiyalik xorijiy investor Dikogach Erdoganning taʼsischiligida tashkil etilgan “SEG TEXTILE” masʼuliyati cheklangan jamiyatidir.
Mazkur jamiyat tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida tikuvchilik sexi ishga tushirildi. Ushbu loyiha doirasida jami 500,0 ming AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi. Ayni damda 58 nafardan ziyod xotin-qiz ish bilan taʼminlandi.
— Korxonamizga xorijiy davlatlardan koʻplab buyurtmalar tushayotganligi sababli, kelasi yildan boshlab eksport hajmini oshirishni maqsad qilganmiz, — deydi korxona rahbari Elmira Eduardovna. — Buning natijasida korxonamizda yana boʻsh ish oʻrinlari yaratiladi. Oʻz navbatida loyihani ishga tushirilishida bizga yaqindan koʻmak bergan Parkent tumani hokimligiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayni paytda tikuvchilik seximizda ishlash istagida boʻlgan xotin-qizlarni ishga qabul qilyapmiz.
Xulosa qilib aytganda, yangi ish oʻrinlari tashkil etish - aholini barqaror daromad manbai bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Bu esa milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyoti, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini taʼminlashga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi.
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati