Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, gripp yuqori darajada moslashuvchan va boshqa virus yuqtirgan hujayralar bilan genetik materialni almashishga qodir. Bu patogenning yashovchanligi va uning ko‘payish qobiliyatini oshiradi.
Ammo sutemizuvchilarga moslashish uchun virus shtammda hali aniqlanmagan maʼlum gen o‘zgarishlariga muhtoj. Biroq, agar sutemizuvchilar kasal qushlar bilan oziqlansa, virus moslashishi mumkin.
Hayvonlar va qushlar orasida, H5N1 grippi ayniqsa o‘laksaxo‘rlarga ko‘proq taʼsir qiladi. Qayd etilishicha, ko‘plab dengiz qushlari virus taʼsirida o‘lgan, ularning o‘ligidan esa dengiz mushuklari hamda oq ayiqlar oziqlangan.
Olimlar tomonidan ushbu virusga qarshi ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.