Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Aytishim mumkinki, biz mag'lubiyatga uchrab, mustaqil va suveren davlatga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldik.

Pashinyan, shuningdek, “muayyan holatlar tufayli” Janubiy Kavkazda Armanistonga nisbatan salbiy munosabat ko'pligini qo'shimcha qildi. “Bu salbiy munosabatga dosh bera olish juda muhim. Biz bu salbiy munosabatni his-tuyg'ularsiz, eng samarali usullar bilan engishga harakat qilib, to'g'ri ish qilyapmiz”.

Avvalroq Pashinyan respublikaning strategik rivojlanishi doirasida qo'shnilarga hududiy da'volar yo'qligini anglatuvchi “haqiqiy Armaniston” konsepsiyasini yaratganini ma'lum qilgandi, deb xabar beradi tass.ru.

Muxolifat bir necha bor Pashinyanning bunday bayonotlari va baholarini 2020-yildagi mag'lubiyatni qonuniylashtirish maqsadida o'zini oqlashga urinish deb atagan. Armanistondagi ko'plab muxolifatchilarga ko'ra, Pashinyan urushdagi mag'lubiyat muqarrar ekanligini va o'zining noloyiq tashqi va ichki siyosati bilan bog'liq emasligini ko'rsatishga harakat qilmoqda.