Ularning 40 foizi mahalla hududida boʻlgan. Yoki oʻgʻrilik, talonchilik, tan jarohati, bezorilik kabi jinoyatlar asosan tungi vaqtda sodir etilmoqda.

Shu bois, jamoat xavfsizligi kuch-vositalarini boshqarish yangicha tashkil qilinadi.

Patrul-post, yoʻl-patrul, qoʻriqlash va profilaktika xizmatlari tunu kun 3 smenali xizmat rejimiga oʻtadi hamda 70 foizi soat 17 dan tungi 3 gacha patrullik qiladi. Patrul guruhlari huquqbuzarlik toʻgʻrisida xabar kelib tushganda, voqea joyiga 5 daqiqa ichida yetib keladigan tizim boʻladi.

Tumandagi 5 ta ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosarlari tungi xizmatni bevosita mahallalarda tashkil qiladi. Ular tungi vaqtda oʻz boshliqlariga berilgan barcha vakolatga ega boʻladi, mustaqil qaror qabul qiladi va masʼuliyatni ham toʻliq zimmasiga oladi.

Bundan buyon tuman ichki ishlar jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari va 5 ta ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosarlari boshqa ishlarga umuman jalb qilinmaydi. Ularning faoliyati faqat vazirning buyrugʻi bilan tartibga solinadi.