Bu borada paxta to'qimachilik klasterlari qoshidagi paxta tozalash korxonalari hamda paxta qabul qilish maskanlaridagi labaratoriyalarda fermer xo'jaliklari tomonidan topshirilayotgan paxta xomashyosini qabul qilish, uning miqdori va sifatini aniqlashda vujudga keladigan muammolarni hal etish bo'yicha “O'zagroinspeksiya”ning Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i rahbarligida “Viloyat arbitraj guruhi” va uning viloyat hamda tumanlar kesimida tarkibi tuzildi. O'tgan qishloq xo'jaligi yilidagi an'analarga ko'ra bu yil ham “Paxta shtabi” tashkil etildi.
Paxta xomashyosini qabul qilishda sof (fizik) va konditsion vaznlardagi farqi noto'g'ri belgilangani yoki asossiz chegirmalar qo'llanilgani xususidagi murojaatlarni qabul qilish va tezkorlik bilan hal etish uchun Inspeksiyaning viloyat va tuman bo'limlarida “Ishonch telefonlari” o'rnatildi.
Surxondaryo viloyatidagi 10 ta paxta to'qimachilik klasterlari fermer xo'jaliklari tomonidan 246,0 ming tonna paxta yetishtirish yuzasidan shartnomalar imzolandi. Paxta-to'qimachilik klasterlari tizimidagi mavjud 31 ta paxta qabul qilish maskanlarida paxta xomashyosini uzluksiz qabul qilib olish tizimi o'z vaqtida joriy etildi.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tumanlar bo'limlari sohaviy inspektorlari tomonidan esa paxta qabul qilish maskanlarining mavsumga tayyorgarligi jiddiy tahlil etildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish choralari oldindan ko'rildi. Natijada viloyatimizdagi klaster korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosini qabul qilish va uni qayta ishlashga oldindan shay holatga keltirilgani bois ham bu masalada endi tuzilgan “Arbitraj gruhi” ish faoliyatida xozircha qiyinchilik va tushunmovchiliklar bo'lgani yo'q.
Yuqoridagilarga asosan paxta to'qimachilik klasterlari tizimidagi barcha maskanlar sinov tahlilxonasida paxtani qabul qilishda foydalaniladigan barcha me`yoriy hujjatlar jamlanmasi shakllantirilishi, o'lchov va sinov vositalarining qiyoslov ko'rigidan o'tkazilganlik holatlari Inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo'limlari tomonidan monitoring kuzatuvlari o'z vaqtida olib borilmoqda.
Inspeksiya xodimlarining doimiy ravishda tushuntirish ishlari va monitoring kuzatuvlari olib borilgani bois, paxta qabul qilish maskanlarida paxtakorlarimiz tomonidan mashaqqatlar bilan yetishtirilgan maxsulotlarni hech qanday qiyinchiliklarsiz o'z vaqtida topshirib ketish imkoniyatining paydo bo'lishi bilan ahamiyatlidir.
Zoyir QULIYEV,
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi “O'zagroinspeksiya”ning Surxondaryo
viloyat boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i