Samarqandda  31 tasi paxta terish texnikalari, 1 ming 735 ta traktor,  2 ming 634 ta tirkama, 354 ta “OVX-600” rusumli purgagichlar viloyatdagi 75 ming 365 gektar yerdagi paxta xom-ashyosini yigʻishtirib olishda qatnashadi.

— Paxta terish mashinalarining 15 tasi Paxtachi tumani dalalarida,  6 tasi Narpayda, 4 tasi Kattaqoʻrgʻon tumanida, 3 tasi Ishtixonda, 3 tasi Payariq tumani dalalarida paxta yigʻim-terimida ishtirok etadi, — deydi inspeksiyaning  Samarqand viloyat boshqarmasi  inspektori  Sanjar Qurbanov. — Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi texnikalari viloyatdagi 151 ta yigʻuv maskanlariga toʻplangan boʻlib, taʼmirlash va servis xizmati  koʻrsatilmoqda.

Texnikalarning mavsumga shayligi inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan nazorat qilinmoqda.