Mazkur masala Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olinib, senator S.Suyarova tomonidan masalaning kelib chiqish sabablari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Oʻrganish natijasida haqiqatdan ham “Paxtakor” qishloq fuqarolar yigʻinida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uy-joylarni taʼmirlash ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmagan. Bundan tashqari bugungi kunda bir qancha uy-joylarida taʼmirlash ishlari boshlanmagani aniqlandi.
“Obod Qishloq ” dasturiga asosan mazkur qishloq fuqarolar yigʻini hududidagi 101 ta koʻpqavatli uylarni taʼmirlash uchun 8 mlrd. 474 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan boʻlib, davlat rahbarining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarorining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil Jizzax viloyatidagi koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼminlash boʻyicha dastlabki manzilli dastur tasdiqlanib, 5 mlrd. 400 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Dastur doirasida “Abdulaziz Building” MCHJ xizmat koʻrsatayotgan “Paxtakor” QFY xududida joylashgan 101 ta koʻp kvartirali uy-joylar taʼmirlanishi rejalashtirilgan, hozirgi kunga qadar 18 ta uyning tom qismi taʼmirlangan. “Paxtakor” qishloq fuqarolar yigʻinida taʼminlash ishlari amalga oshmagan 83 ta koʻp qavatli uy joylar joriy yilning 4-chorak yakuniga qadar taʼmirlanishi koʻzda tutilgan.
Ushbu taʼmirlash ishlari domiy nazorat qilib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
axborot xizmati