Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:
Magistraturaning oxirgi bosqich talabalariga 0,5 stavkagacha pedagogik faoliyat olib borishga ruxsat beriladi;
Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish vazirlikning maxsus elektron platformasi orqali amalga oshiriladi;
OTMning pedagog xodimlari faoliyatini oʻrganish va baholashning yangi KPI tizimi joriy etiladi;
Pedagoglarning dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim baholanadi, deb xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.