Institutda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sport oʻyinlariga qiziqishni yanada oshirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida qator tizimli ishlar qilinmoqda.
Musobaqada toʻrtta jamoa ishtirok etdi. Oʻyin qizgʻin davom etdi. Ushbu bellashuvdan soʻng kafedralar oʻrtasida voleybol, badminton, stol tennisi kabi sport turlari boʻyicha muntazam musobaqalar tashkil qilish rejalashtirilmoqda, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.