Pekin-2022: Kunning ikkinchi oltin medalini shveysariyalik sportchi qoʻlga kiritdi

    Pekin shahrida 24-Qishki olimpiya oʻyinlarining oʻn birinchi kungi bahslari davom etmoqda.

    Biroz avval togʻ changʻisining tezkor tushish bahslarida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻldi. Shveysariyalik Korinn Zuter eng yaxshi natija (1.31,87) bilan Olimpiada chempioni boʻldi.

    Italiya terma jamoasi aʼzolari Sofiya Godja va Nadya Delago mos ravishda kumush hamda bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

    Togʻ changʻi sporti. Tezkor tushish. Ayollar

    1. Korinn Zuter (Shveysariya) — 1.31,87.

    2. Sofiya Godja (Italiya) +0,16.

    3. Nadya Delago (Italiya) +0,57....

    Manba