Rasmiylar bugun ob-havoning “qizil” darajasini “to'q sariq”qa tushirishdi.
Odamlar suv bosgan hududlardan vertolyotlar yordamida qutqarilmoqda. Favqulodda xizmatlar poyezdlarda qolib ketgan yo'lovchilarni qutqarmoqda. Shahar ko'chalaridan chiqindilar olib chiqilmoqda. Xitoy poytaxtining suv bosgan hududlarida jamoat transporti harakatlanmayapti, ayrim metro yo'nalishlari ishlamayapti.
Pekindagi 13 ta daryoda suv sathi me'yoridan ortiq darajadan oshib ketdi. Toshqinlar avtobus va mashinalarni olib ketdi, elektr simlarini sindirdi, yo'llarga zarar yetkazdi. Qurilish ishlari to'xtatildi. Poyezdlar yurmayapti. O'nlab reyslar bekor qilindi va kechiktirildi. Rasmiylar odamlardan zarurat bo'lmasa, uylarini tark etmaslikni so'ramoqda, ish beruvchilar esa xodimlardan masofadan turib ishlashni so'ramoqda, deb xabar beradi mir24.tv.