Endi “Basketboldagi Pele” yoki “Tennisda Pele” deyish o'rinli. Portugallar bu iborani o'z nutqlarida uzoq vaqtdan beri ishlatishgan, endi u lug'atlarda rasman qayd etildi.

Pele o'yinchi sifatida uch marta (1958, 1962 va 1970-yillarda) jahon chempionligini qo'lga kiritgan yagona futbolchi. Braziliya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida u Neymar bilan bir qatorda birinchi o'rinni egallab turibdi. U 92 uchrashuvda 77 ta gol urgan va butun professional faoliyati davomida eng ko'p gol muallifi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Sportchi 2022-yilning 29- dekabr kuni vafot etgandi, deb xabar beradi mir24.tv.