“Bizda namuna bor! Men hech qachon toshdagi tuynukni ko'rganimdan bunchalik baxtli bo'lmaganman”, — deb yozadi u o'zining Twitterdagi sahifasida.
Shuningdek, u qaydlarida kosmik apparat tomonidan olingan suratni ilova qilgan. Suratda sayyoradan olingan chang namunalari orasida katta tosh va uning ichida dumaloq qora tuynuk ko'rinib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Amerikaning “Perseverance” roveri fevral oyining o'rtalarida Marsga muvaffaqiyatli qo'ngandi.
22 aprel` kuni ma'lum bo'ldiki, rover birinchi marta Qizil sayyora atmosferasidan kislorod olishga muvaffaq bo'lgan.
Kosmik apparatga Qizil sayyoradagi tosh va tuproqning ilk namunalarini yig'ish vazifasi yuklatilgan. Namunalarni o'rganish uchun Erga etkazib berish rejalashtirilgan.