Hodisa oqibatida kamida 12 kishi halok bo'ldi, 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat rahbari Karlos Oyola ma'lum qildi.
“Yo'l-transport hodisasi viloyatdan 500 metr uzoqlikda sodir bo'lgan. Avtobus Yauya hududidan Limaga ketayotgan edi. 12 kishi halok bo'ldi, 15 dan ortiq kishi jarohat oldi”, dedi Oyola.
Voqea joyida politsiya va tibbiy xizmatlar ishlamoqda, dedi u.
Jabrlanganlar tibbiyot markazlarga olib ketilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.