Gap ikitu qabilasiga mansub aholi haqida bormoqda. Ular yordam so'rab huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishdi. Yaqinda odamlarga boshi katta va ko'zi sariq, ikki metrli sirli mavjudotlar hujum qilishdi. Ana shunday “o'zga sayyoraliklar”dan biri qizaloqqa hujum qilib, uning bo'yni va yuzini tirnab, qonatdi.
Qabila vakillari noma'lum shaxslar hujumlari sodir bo'layotgan hududga armiya bo'linmalarini kiritishga chaqirdi. Peruliklarning fikricha, g'alati mavjudotlar o'qotar qurollarga chap berib, g'oyib bo'lishga ulguradi, deb xabar beradi mir24.tv.