Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.Yu. va L.Q. fuqaro X.M.ga xorijda ishlab chiqarilgan “7SHOTS” nomli 224 dona pirotexnika buyumlarini 31,3 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 56 donasini olib kelib bergan vaqtlarida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.